Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 340
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 256
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

​“HEMIS” PLATFORMASI BO’YICHA SEMINAR-TRENING

14:37, 16.03.2022      

Davlatimiz rahbari tomonidan 2019-yilning 8-oktyabrida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolandi. Ushbu muhim hujjatda oliy taʼlim ­ muassasalarida oʻquv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga oʻtkazish” belgilab berildi.

Ushbu qaror ijrosi yuzasidan Farg’ona davlat universitetida kredit-modul tizimi va o'quv jarayonini boshqarishning elektron tizimi "HEMIS" platformasi bo'yicha seminar-trening o'tkazildi.

Seminar-trening o’quv ishlari bo’yicha prorektor R.Shukurov bo’shchiligidagi o’quv-uslubiy boshqarma va ta’limni kredit tizimini boshqarish sektori xodimlari tomonidan tashkillandi.

Seminar-treningda fakultetlar dekanlari, kafedra mudirlari va professor-o’qituvchilar ishtirok etishdi. Mashg’ulot davomida HEMIS tizimining imkoniyatlari, funksiya va vazifalari tushuntirib o’tildi. Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javob berildi.