Talaba-yoshlarni darsdan bo’sh vaqtlarini qanday va kimlar davrasida o’tkazayotganliklarini muntazam nazoratga olish, ularni holidan xabar olish maqsadida, oliy ta’lim va mahalla hamkorligida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Universitetning Sirtqi ta'lim bo’limi tyutorlari va tegishli mahalla vakillari birgalikda ijarada yashovchi talabalarning yashash sharoitlarini o’rgandilar. Unda honadon egalarining kundalik faoliyatlari bilan qiziqdilar hamda talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli ishlarga sarflashlarini, honadonning texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qilishlarini nazoratga olish kabi masalalarda suhbat olib bordilar.