Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 340
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 256
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

XOTIN-QIZLAR E’TIROFI

19:15, 17.03.2022      

Ma’lumki ayollarni ijtimoiy-siyosiy qo’llab- quvvatlash, ularning huquqiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida barcha oliy va professional ta’lim muassasalari hamda akademik litseylarda Xotin- qizlar maslahat kengashlari faoliyat olib korsatmoqda.

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan 28 nafar eng faol, fidoiy Xotin- qizlar maslahat kengashlari raisi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining “Faxriy yorlig’i” hamda estalik sovg’alari bilab taqdirlandi.

Tadbirni ochib bergan vazirning birinchi o’rinbosari Komiljon Karimov soha rivojida ayol hamkasblarning o’rni beqiyos, yil sayin ularning soni va salmog’i oshib borayotganligini ta’kidladi.

Qayd etilganidek, vazirlik tizimida mehnat qilayotgan hodimlarning 41 foizini xotin-qizlar tashkil etadi.

Shuningdek, ayni paytda tizimida xotin-qizlar orasida 698nafar fan dоktori(DSc), 3599hafar falsafa (PhD) faoliyat olib bormoqda.

Farg’ona davlat universiteti jamoasi ham ayollarni ijtimoiy-siyosiy qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy manfaatlarini himoya qilish borasida oliygohda fidoyilik ko‘rsatayotgan Xotin-qizlar maslahat Kengashlari maslahatchilari mehnatlarini e’tirof etgan holda, ularga har sohada ustozlik qilayotgan universitet professori, pedagogika fanlari doktori, Gender tadqiqotlar markazi rahbari, Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ta’sis etilgan “Mo’tabar ayol” ko’krak nishoni sohibasi - Turg'unoy Egamberdiyevaning - Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining “Faxriy yorlig‘i” bilan taqdirlangani munosabati bilan muborakbod etadi!