“Olovdek lovullab dil yonur, Baxtliman janglarga yarasam”, deya o’zbek sheriyatiga chaqmoq kabi shiddat bilan kirib kelgan shoir Usmon Nosir, 1912-yil 13-noyabrda Namangan viloyatida tug’ilgan. U o’zining qisqa va mazmunli hayoti davomida o’zbek adabiyotiga sezilarli hissa qo’shgan.
O’zbekning "Tug'ma talant" nomini olgan iste'dodli va isyonkor shoiri - Usmon Nosir xotirasining 110 yilligi yurtimiz bo’ylab keng nishonlanishi ko’zda tutilmoqda.
Shu munosabat bilan Farg’ona davlat universitetining Filologiya fakultetida Oʻzbekiston xalqining sevimli shoiri, “O’zbekning Pushkini” nomini olgan, Usmon Nosir xotirasiga bag’ishlangan ijodiy kecha boʻlib oʻtdi.
Tadbir davomida Usmon Nosir ijodiy merosi bilan birga uning shaxsiyatini o’zida aks ettirgan "Filologiya yosh drammaturglari" klubi a'zolarining kompozitsion chiqishlari namoyish etildi.