Ma'lumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o’rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to’grisida”gi qaroriga muvofiq, 2021-2022-o’quv yilidan boshlab ta’lim muassasalarining xorijiy tillar o’qituvchilari kamida C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lishi kerakligi belgilangan.
Mazkur qaror asosida Farg‘ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov tashabbusi bilan 2022-yil 5-yanvar kuni oliygoh hamda "TCCP TESOL International Association" xalqaro tashkiloti bilan o‘zaro shartnoma tuzildi.
Shartnoma asosida universitetning 25 nafar yetakchi ingliz tili o‘qituvchilari TESOL sertifikati uchun 140 soatli xalqaro kurslarda ta'lim olishi imkoniyati yo‘lga qo‘yildi.
Ayni vaqtda mazkur loyihaga Ingliz tili va adabiyoti fakulteti dekani N.Toirova koordinatorlik qilmoqda.
Loyihaning xalqaro assotsiatsiyasi treneri doktor Gena Bennett hisoblanadi. Hozirgi kunda ushbu kursning 60 soati 21 nafar Ingliz tili va adabiyoti fakulteti va 4 nafari Chet tillari fakulteti ingliz tili o‘qituvchilari tomonidan muvaffaqiyatli yakunlandi.
Xalqaro darajada tan olingan hamda Common European Framework of Reference (CEFR) tizimining С1 darajasiga tenglashtirilgan ushbu sertifikatni Farg‘ona davlat universiteti ingliz tili o‘qituvchilari tomonidan qo‘lga kiritilishi oliygoh talabalariga ingliz tilini xalqaro darajadagi standartlarga mos ravishda o‘qitilishini ta‘minlashi bilan quvonarlidir.