Bahoriy bayramlar bir-biriga ulansa to’y bo’ladi”, deydilar momolarimiz. Albatta kelinchak bahorning kundan-kun chiroy ochib, qalblarning iliq tuyg’ularga, hayajonlariga sabab bo’ladi.
Universitetning Tarix fakulteti talaba-qizlari o‘rtasida o’tkazilgan “Bahor malikasi” ko'rik-tanlovi ham ajib his-hayajonga boy tarzda bo’lib o’tdi.
Tanlovda 6 nafar talaba-qizlar o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Milliy liboslar va yangragan milliy kuy-qo’shiqlar tadbirga o’zgacha ko’tarinkilik bahsh etdi. Bundan ilhomlangan ishtirokchilarning faolligi ortib, barchasi birdek bellashdilar. Tadbirda mazkur hudud mahalla faollari ham qatnashdilar.
Barcha ishtirokchilarning mehnatlari, harakatlari ijobiy baholanib, fakultet dekanining tashakkurnomasi va nominatsiyalar bo‘yicha esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.