Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 340
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 256
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

PEDAGOGIKA-PSIXOLOGIYA FAKULTETI:

17:50, 25.03.2022      

"Ikki avlod uchrashuvi"

Bugun Pedagogika-psixologiya fakulteti tomonidan oliygohda uzoq yillar mobaynida samarali mehnat qilgan, o’z hayoti va faoliyati bilan jamoaga va yoshlarga ibrat bo’layotgan - Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Ahmadali G’ofurov xonadoniga talaba-yoshlar uchun “Ikki avlod uchrashuvi” bo’lib o’tdi.

Professor xonadonida tashkil etilgan uy muzeyida yoshlar - ushbu nuroniy olimning boy ilmiy merosi, iqtisodiy adabiyotlar bilan yaqindan tanishdilar.

Uchrashuvda Ahmadali G’ofurov o’z hayot yo’li, boshidan o’tgan mashaqqatli qiyinchiliklar haqida yoshlarga gapirib berar ekan, hozirgi kunda yangi O'zbekistonda talabalarga berilayotgan imkoniyatlar ko’lamiga urg’u berdi.

Ustoz o’zining boy tajribasi asosida ularning barcha savollariga javob berish bilan birgalikda talaba-yoshlarga hayotiy saboqlar berdi.