Bugun Farg'ona davlat universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori,professor Bahodirjon Shermuhammadov fakultetlararo talaba-yoshlar, akademik guruhlar sarkorlari bilan uchrashuvlar o'tkazishni boshladi.
Ochiq muloqot tarzida olib borilayotgan ushbu uchrashuvlar dastlab Ingliz tili va adabiyoti fakulteti talabalari ishtirokida bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda talabalar o'rtasidagi ijtimoiy-ma'naviy muhit,sog'lom ma'naviy-ma'rifiy hayot, yoshlarning xulqi, odobi, e'tiqodi, dunyoqarashlari xususida so'z bordi.
Suhbat davomida universitet rahbari o'z hayotiy xulosalari, tajribalari asosida guruh sarkorlariga jamoaga yetakchilik,ma'naviy targ'ibotchilik,tengdoshlari yurish-turishi, muammolaridan ogohlik masalalarida tegishli tavsiyalar berib bordi.