Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 514
  • Ko`rib chiqilganlar 481
    • Takliflar 61
    • Arizalar 402
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

​UNIVERSITET REKTORI FIZIKA-TEXNIKA FAKULTETI TALABALARI BILAN UCHRASHDI

13:49, 26.03.2022      

Fakultetlararo talaba-yoshlar, akademik guruhlar sarkorlari bilan uchrashuv Farg'ona davlat universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori,professor Bahodirjon Shermuhammadov raisligida Fizika-texnika fakultetida bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda yoshlar tarbiyasi, qiziqishlari, intilishlari, ularning turmush tarzi, ma'naviy dunyosi, axborot olish va uzatish,internetdan, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishlari madaniyati kun tartibida bo'ldi.

Yoshlarga guruh sarkorlari orqali ziyo maskani - o'quv dargohiga hurmat, ustozlarga sadoqat, mamlakat ravnaqi, yurt tinchligi, millat taraqqiyoti yo'lida ezgu g'oyalar atrofida birlashish mohiyati tushuntirib borildi.

Muloqot so'ngida guruh sarkorlarining yoshlar tarbiyasi, ularning ma'naviy yetukligini oshirish borasidagi taklif-mulohazalari ham tinglandi.