Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 340
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 256
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

​FARG’ONA VILOYATIDA TA’LIM SOHASIDA OLIB BORILAYOTGAN ISLOHOTLAR SAMARADORLIGI O’RGANILMOQDA

18:16, 30.03.2022      

Farg'ona viloyatida ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlar natijadorligi o'rganilmoqda.

Farg'ona davlat universitetida viloyatda ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlar natijadorligini o'rganish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspеksiyasi boshlig‘i U.Toshkenboyev, inspеksiya boshlig‘i o‘rinbosari O.Qo'ysinov, Farg'ona viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari F.Qosimov, oliygoh rektori B.Shermuhammadov hamda inspeksiyaning viloyat bo‘limi, hududdagi oliy ta’lim muassasalari rahbariyati, xalq ta’limi tizimi vakillari ishtirok etdilar.

Kun tartibida oliy ta'lim tizimi sifati, ushbu tizimda amalga oshirilayotgan islohotlarning viloyatdagi samaralari, ilmiy salohiyat, milliy reytingda TOP OTMlar qatoriga hamda xalqaro reytinglarga kirish masalasi, xalqaro aloqalar, o'quv-me’yoriy hujjatlar holati, masofaviy ta’lim, amaldagi "Hemis" axborot platformasi, kredit-modul tizimini boshqarish jarayoni bo'yicha tashkil etilayotgan ishlar, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etish, talabalar mustaqil ta’limini tashkil etishning uslubiy ta’minoti va boshqa muhim masalalar ishtirokchilar e'tiborida bo'ldi.