Farg’ona davlat universiteti Harbiy ta’lim fakultetida Navro’z umumxalq bayrami munosabati bilan “Har kuning bo’lsin Navro’z!” shiori ostida, sportning mini futboll turi bo’yicha musobaqalar tashkillandi.
O’tkazilgan musobaqada fakultetning 1-,2-,3- bosqich talabalari qatnashib, jami 16ta jamoa ishtirok etdi.
Fakultet boshlig’i kubogi uchun olib borilgan murosasiz uchrashuvlar natijasida 3-o’rin, 20/142-guruh talabalariga;
2-o’rin, 20/140-guruh talabalariga;
1-o’rin,21/108-guruh talabalariga nasib etdi.
Musobaqa g’oliblari fakultet boshlig’i I.Saidov tomonida maxsus “FAXRIY YORLIQ” hamda “KUBOG” bilan taqdirlandilar.
Harbiy ta’lim fakultetida yoshlarni bo’sh vaqtlarini unumli o’tkazishlari, sport bilan muntazam ravishda shug’ullanishlari maqsadida, bu kabi tadbirlar davom etmoqda.