Filologiya fakultetida tilshunoslik kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Hakimov Muhammadxon Xo‘jaxonovich tavalludining 60 yilligi munosabati bilan yubiley tantanasi o‘tkazildi.
Tadbirda universitet rektori B.Shermuhammadov, oliygoh jamoasi a’zolari, respublika ilmiy jamoatchiligining yirik vakillari, filolog-olimlar, jumladan, professorlar N.Mahmudov, Sh.Safarov, S.Karimov, I.Azimov va yosh ilmiy tadqiqotchilar ishtirok etdilar.
Tantanada so’z olganlar olimning ilmiy faoliyati, Farg‘ona filologiya maktabining bugungi rivojidagi o’rni borasida o‘z fikrlarini bildirdilar.
Muhammadjon Hakimov pragmalingvistika maktabini yaratib, tilshunoslikning ushbu yo‘nalishi rivojiga munosib ulush qo‘shib kelayotgan olimlardan bo‘lib, 10 dan ortiq darslik, monografiya, o‘quv-uslubiy qo‘llanma va ko‘rsatmalar, 250 dan ortiq maqolalar muallifidir. Uning ilmiy rahbarligida 7 ta nomzodlik va filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari himoya qilingan.