Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 340
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 256
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

FARG'ONA DAVLAT UNIVERSITETIDA ISHCHI GURUH O'RGANISHLARI

18:36, 31.03.2022      

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 14-martdagi 94-sonli buyrug‘i asosida ishchi guruh tomonidan Farg‘ona davlat universiteti faoliyati- talabalar turar joyi o‘rganildi.

Ma’lumki, universitetning kunduzgi ta’lim shaklida jami 14902 nafar talaba ta’lim oladi. Ularning 2046 nafari oliygohning 6 ta talabalar turar joyida yashaydi.

Bugungu kunda chin yetimlar, nogironlar, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari” ro‘yxatida turganlar, boquvchisini yo‘qotgan va kam ta’minlanganlar, shuningdek, “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilari bo‘lgan jami 125 nafar talabalarga ham talabalar turar joyida istiqomat qilishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Universitet Kengashining 2021-yil 30-avgustdagi qarori asosida TTJdagi 57 nafar talaba yotoqxonato‘lovidan ozod qilingan.

O’rganish jarayonida talabalar turar joylarini huquqiy, siyosiy va ma'naviy ko'rgazmalar bilan jihozlanganligi ko’rilar ekan, mavjud 6 ta turar joylarning kirish fayelarida va har bir qavatda joylashgan jami 30 ta besh muhim tashabbus xonalari huquqiy, siyosiy va ma'naviy ko‘rgazmalar bilan jihozlanganligi, jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmonlari aks ettirilgan 47 ta, allomalar hayoti va ibratli so’zlari aks etgan stendlar 60 ta, ijtimoiy-siyosiy mazmundagi 36 та, yoshlarga oid davlat siyosatini aks ettiruvchi 42 та, ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid 48 та, huquqiy sohaga oid 18 ta stendlar va posterlar o‘rnatilganligi aniqlandi.

Shuningdek, talabalar turar joyi nizomi, universitet “Odob-axloq qoidalari”, talabalar kengashi tarkibi, ma’lumotlar oynasi- talabalar ro‘yxati, navbatchilik jadvali, favqulodda holatlarda mutasaddi tashkilotlar telefon raqamlari, favqulodda holatlarda harakatlanish sxemasi, rahbariyat ishonch telefonlari, qabul kunlari, e’lonlar doskasi, Prezident farmoni va qarorlari bilan yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar ruknida foto lavhalar, lavha shaklida o‘rnatilgan Davlat ramzlari va O‘zbekiston Respublikasining xaritasi, ta’lim sohasidagi imtiyozlar va davlatning ta’lim siyosati aks etgan infografika ham e’tiborda bo’ldi.

Taraqqiyot strategiyasi yetti yo‘nalishi hamda Yoshlar siyosati to‘g‘risidagi qonunning tegishli bandlari aks etgan bannerlar, to‘rtinchi tashabbus asosida tashkil etilgan 40 ta kompyuterlarga ega bo’lgan, 5000 ta elektron variantdagi kitoblar, 200 dan ortiq QR-kodli kitoblar jamalanmasidan iborat xona, “Talabalar hayoti”, “Talabalar sizlar uchun” stendlari, Ta’lim-tarbiyaga oid targ‘ibot pannolari ko’zdan kechirildi.

Shu bilan birga, ta‘lim, sport madaniyat, san’atda talaba-yoshlarni zamonaviy tadbirlardagi ishtiroki aks etgan foto lavhalarni TTJni qavatlar kesimida tashkil etilganligi, yotoqxonada yaratilgan maishiy va madaniy sharoitlar madaniy dam olish xonalari, sport seksiyalari, fan va badiiy havaskorlik to‘garaklari xonalari, kutubxona, maishiy xizmat xonalari ham ishchi guruh a’zolari nigohida bo’ldi.

O’rganish davomida tarbiyachi pedagoglar tomonidan puxta ishlab chiqilgan talabalar bilan ishlash bo‘yicha kunlik, haftalik va oylik rejalar, chora-tadbirlar dasturi, Besh muhim tashabbus yo‘nalishlari bo‘yicha to‘garaklar faoliyati, internetdagi ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish va kiber makonda obyektiv yo‘l tanlashda ongli yondashuvni shakllantirishga qaratilgan maqsadli chora-tadbirlar ijrosi, ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashishda talabalar ma’naviyatini va ijtimoiy faolligini yuksaltirish bo‘yicha “qizil”, “sariq”, “yashil” toifalarga ajratish bo‘yicha qilingan ishlar o‘z vaqtida va samarali bajarilib kelinayotgani e’tirof etildi.