Fizika-texnika fakultetida “2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasining “Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash, talaba-yoshlarni vatanparlik ruhida tarbiyalash hamda ularning ta'limdan bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida, fakultet miqyosida “To'maris izdoshlari” ko'rik tanlovi o'tkazildi.
Tanlovda fakultetning barcha talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar.Tadbir davomida yoshlarning sahna madaniyati va unda ijro etilayotgan chiqishlarining mazmun-mohiyatiga alohida e’tibor qaratildi.
Tanlov so’ngida, Texnologik ta'lim yo'nalishi, 2-bosqich talabasi X.Olimova 1-o'rinni egallab, “Fakultet malikasi” nominatsiyasiga sazovor bo'ldi.