Farg’ona davlat universiteti Chet tillari fakultetining kechki ta'lim talabalari o'rtasidada Navro’z umumxalq bayrami munosabati bilan “Har kuning bo’lsin Navro’z!” shiori ostida, sportning mini futboll turi bo’yicha musobaqalar tashkillandi.
O’tkazilgan musobaqada fakultetning 1-,2-,3- bosqich talabalari qatnashib, jami 19ta jamoa ishtirok etdi.
Fakultet kubogi uchun olib borilgan murosasiz uchrashuvlar natijasida:
3-o’rin, 20/28-guruh talabalariga;
2-o’rin, 20/15-guruh talabalariga;
1-o’rin,21/25-guruh talabalariga nasib etdi.
Musobaqa g’oliblari fakultet dekani tomonidan maxsus “FAXRIY YORLIQ” hamda “KUBOG” bilan taqdirlandilar.
Chet tillari fakultetida yoshlarni bo’sh vaqtlarini unumli o’tkazishlari, sport bilan muntazam ravishda shug’ullanishlari maqsadida, bu kabi tadbirlar davom etmoqda.