Yosh kadrlarni o’z ustida ishlab, ilmiy izlanishlar olib borishlarida, ustoz-murabbiylarning o’rni beqiyosdir.
Farg’ona davlat universitetining Fizika-texnika fakultetida talaba-yoshlar bilan fakultetning professor-o’qituvchilari o’rtasida “Ilmiy izlanishlar olib borish tartibi va bosqichlari” mavzusida seminar-trening o'tkazdi. Ushbu seminar-treningni fizika kafedrasi dotsenti, fizika-matematika fanlari bo'yicha falsafa doktori V. Rasulov olib bordi.
Seminarda tezis va maqola yozish, PhD dissertatsiyasi, unga qo'yilgan talablar, ilmiy ish qilish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, dissertatsiya mavzusini tanlash, ilmiy maqola chop etish va unga kerakli materiallar to'plash, ularni qayta tahrirlash singari dolzarb masalalar yuzasidan ko'rsatmalar berildi.
Talabalar tadbir so'ngida o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.