Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 340
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 256
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

​Farg'ona Davlat universiteti qoshidagi “Trend” debat klubining ochilishi to'g'risida

08:58, 02.04.2022      

2022-yil 31-mart kuni Farg'ona Davlat universiteti xalqaro hamkorlik bo'limi tomonidan Yevropa Ittifoqi va Kondrad Adenauer jamg'armasi tomonidan moliyalashtirilayotgan “Markaziy Osiyoda tinchlik va bag'rikenglik yo’lida chegaralararo ko'p tomonlama muloqot” loyihasi doirasida hamda “Yuksalish” umummilliy harakati bilan hamkorlikda Farg'ona davlat universiteti qoshidagi “Trend” debat klubi ochildi.

Tadbirda “Yuksalish” umummilliy harakati bosh mutaxassisi
D.Teshaboyev, harakat koordinatori J. Shamsuddinov, shuningdek, debat klubi murabbiysi - xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i S.To'ychiboyzoda, bo'lim mutaxassisi N.Saidova, boshlang’ich ta’lim uslubiyoti yo’nalishi talabasi F.Adjivef va biologiya yo’nalishi talabasi F.Sotvoldiyeva (SMM bo'yicha loyiha mutaxassislari), ko'ngillilar M.Nazarova va 2-chi kurs chet tillar fakulteti talabalari va faol yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbirni “Yuksalish” umummilliy harakati bosh mutaxassisi
D.Teshaboyev kirish so'zi bilan ochib, ishtirokchilarni loyihaning asosiy maqsadi, vazifalari va homiylari hamda debat klubi bilan tanishtirdi. Tadbirda “Yuksalish” umummilliy harakati, Qirg'iziston va Tojikiston hamkor tashkilotlari faoliyatiga to'xtalib, mazkur loyihalar Yevropa Ittifoqi va Kondrad Adenauer jamg'armasi tomonidan moliyalashtirilayotganini ta'kidladi. Ta'kidlash joizki, uch mamlakatning chegara hududlarida do'stlik, millatlararo totuvlik va o'zaro anglashuv g'oyalarini ilgari surish uchun ochiq va tinch muloqot maydonlarini shakllantirish maqsadida ushbu loyihaga start berilgan. Debat klubi treninglari Farg'ona davlat universitetida do'stlik, millatlararo totuvlik va bag'rikenglik markazi negizida o'tkaziladi.

Tadbir avvalida klub moderatori S. To'ychiboyzoda va klub rahbari
N.Saidova seminar-trening ishtirokchilari bilan tanishishdi. Treningning birinchi qismida moderator munozara asoslari, bahs-munozaralar shakllari haqida taqdimot qildi, shuningdek, britaniya debat formati haqida batafsil ma'lumot berdi. Shu bilan birga, taniqli bahs-munozara klublari va bahs-munozarachilarning chiqishlari namoyish etildi.

Ikkinchi qismda ishtirokchilar munozarachilarning rolini his qilish imkoniga ega bo'ldilar. Ishtirokchilar 2 guruhga bo'lingan va mavzu bo'yicha argumentlarni tuzishlari kerak edi. Munozara mavzusi “Mamlakatda totalizatorlarning faoliyatini taqiqlash zarurmi?”, ushbu mavzu doirasida ikki guruhga bo’lingan holda faoliyat olib bordilar.Ishtirokchilar ushbu qarorni qo'llab-quvvatlash va rad etish bo'yicha o'z dalillarini tayyorladilar va rahbarlarini tanladilar. Jamoa rahbarlari o'zlarining dalillarini va muxolifatni rad etishlarini ilgari surdilar. Munozara ko’tarinki ruhda bo’lib o'tdi.

Tadbir so'ngida bo'lib o'tgan mavzu bo'yicha "Kahoot" kviz o'yini bo'lib o'tdi, ishtirokchilar raqobat ruhi bilan to'ldilar va chet tillar fakulteti talabasi Ahmadbek Bektemirov viktorinaning barcha savollariga javob bera oldi va loyihaning firma fleshkasining egasi bo'ldi.

Tadbir so'ngida ishtirokchilar trening bo'yicha ijobiy fikr bildirdilar va bahs-munozaralarning navbatdagi yig'ilishi uchun mavzu tanladilar.