Fakultetlararo o’tkazilayotgan rektorning talabalar bilan uchrashuvlari davom etmoqda.
Navbatdagi uchrashuv Filologiya fakultetida bo'lib o'tdi. Bunda davlat va jamiyat hayotida filolog talaba-yoshlarning o'rni, ularning ta’lim-tarbiyasi, chin insoniy fazilatlar borasidagi masalalar kun tartibidan o'rin oldi.
Muloqot jarayonida universitet rektori har bir talabani o'z farzandlari kabi ko'rishi, yoshlarni puxta bilim egasi, haqiqiy yurt va millat farzandlari qilib yetishtirish yo'lida muhim o'zgarishlar olib borilayotgani, bu yo'lda guruh sarkorlari eng muhim bo'g'in ekanligini aytib o'tdi.
Yoshlar qalbida ma’rifat, ezgulikka moyillik, ona Vatanga sadoqat, ta'lim dargohiga mehr tuyg'ularini oshirishda, mamlakatda amalga oshirilayotgan insonparvar islohotlarga dahldorlikni his etishda guruh sarkorlarining o'rni alohida ekanligi ta'kidlandi.
Ochiq muloqot tarzidagi ushbu uchrashuvda yoshlar fikrlari, munosabatlari tinglanib, taklif va muammolari muhokama etildi.