Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 340
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 256
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

REKTOR CHET TILLARI FAKULTETI YOSHLARI BILAN UCHRASHDI

16:02, 02.04.2022      

Farg'ona davlat universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Bahodirjon Shermuhammadov Chet tillari fakultetining akademik guruhlari sarkorlari bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuvda rahbar guruh sarkorlari bilan erkin muloqot olib borgan holda, ularning dunyoqarashlari, bilimi, kelajakdagi maqsadlari bilan qiziqdi.

Muloqot davomida yoshlar tarbiyasi, ularni qiziqtirayotgan masalalar, oliy ta'lim muassasasidagi hayoti, talabalar oldida turgan insoniy burch va vazifalar, axborot olish va uzatish, internet, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish tartibi xususida so'z bordi.

Universitet rektori o'z so'zida komillik sari intilib, ilm yo'lida izlanayotgan, ta'lim dargohini ota-onasi kabi e'zozlab, uni sha'niga dog' tushirmayotgan yoshlar O'zbekistonning ertasi ekanligini ta'kidlab o'tdi.