Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 340
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 256
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

“YOSHLAR O’RTASIDA JINOYATCHILIKNI OLDINI OLISH”

16:04, 02.04.2022      

Dunyoqarashi endigina shakllanib borayotgan, bor kuch-g‘ayratini faqat bilim olishga, izlanishga, hunar o‘rganishga sarflashi kerak bo‘lgan bir paytda, o‘smirlarni turli aldov yo‘llari bilan jinoyatchilik olamiga boshlab kiruvchi shaxslar ham oramizda yo’q emas, albatta. Yoshlarni ana shunday g’aliz niyatli insonlar tuzog’iga ilinib qolmasliklari uchun turli targ’ibot ishlarini olib borish samarali natijalardan biridir.

Universitetning Zootеxniya fakultеtida ham talabalari ishtirokida “Yoshlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish, diniy ekstremizm hamda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish” mavzularida tadbir o'tkazildi.

Tadbirda fakultet dekani M.Isag’aliyev, kafedra mudiri A.Turdaliyev, xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchi H.Abduhakimova, dekan o’rinbosari O.Rahmatov, hamkorlardan shaharning A.Qodiriy dahasidagi 1-sonli kichik bo'lim profilaktika katta inspеktori G'ayratjon Mirzaеv, Yangi chek masjidi imomi noibi L.Suyarqulov, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

So’zga chiqqanlar, yuqoridagi masalalar bo’yicha fikr-mulohazalarini bildirdilar. Talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berdilar.