Mamalakatimizda olib borilayotgan obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlarini yanada rivojlantirish hamda “Yashil makon” loyihasining amaldagi ijrosini taminlash maqsadida, Farg‘ona davlat universitetining Sirtqi ta’lim bo’limiga qarashli hududda yangi bog’ yaratilmoqda.
Ayni vaqtda ushbu yer maydonida bahorgi ishlar avj pallada bo’lib, yerni ko’chat ekishga tayyorlash jarayoni ketmoqda.
Hozirgi kunga qadar nihol uchun hozirlangan 2 gektar yer maydoniga mazkur bo'lim jamoasi hamda Zootexniya fakulteti professor-o'qituvchilari, ishchi-xodimlari hamkorligida 1250 tub anor ko’chatlarini o’tqazish ishlari boshlab yuborildi.