Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 340
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 256
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

"ZAKOVAT" MUSOBAQALARI

11:54, 04.04.2022      

Talaba – iqtidorli yoshlarni saralash, ularni bilimlarini har tomonlarini sinovdan o’tkazish va darsdan bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkaz maqsadida, Farg’ona davlat universitetining Tarix fakulteti talabalari o‘rtasida "Zakovat" intellektual o‘yini tashkil etildi.

Unda tarix, arxivshunoslik, sotsiologiya va ijtimoiy ish yo'nalishi talabalari ishtirok etdilar. Ko‘tarinki va murosasiz tarzda o‘tgan o‘yinda talabalar o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar.

Universitetning Pedagogika-psixologiya fakultetida o’tgazilgan “Zakovat” turnirining maqsadi ham shu mazmunda bo’lib, unda universitening “Grant Pri”, “Liderlar”, “Yuksalish”, “Psixologlar”, “Beshtlik”, “Axil”, “Andromeda”, “Inspire”, “Hamkasblar”, “Tolerantia”, “Mehribon chayon”, “Optimislar” nomli 12 ta jamoa qatnashdi. Jamoalarning barchasi ikkinchi turda qatnashish uchun yo’llanmani qo’lga kiritdilar.

Shu kuni oliygohning “Book Cafe” zalida Chet tillari fakulteti talabalari o‘rtasida navbatdagi "Zakovat" intellektual turniri bo'lib o'tdi. 12 ta jamoa ishtirok etgan turnirda "Team Zone" jamoasi g'oliblikka erishib, keyingi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Yoshlar o’rtasida o’tkazilayotgan bu kabi intelektual o’yinlar, ularning o’z bilimlarini yanada chuqur egallashlariga va izlanishlar ko’lamini kengaytirishga zamin yaratadi.