Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 340
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 256
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

“Meros” xayriya jamoat fondi, OITSga qarshi Respublika markazi, UNAIDS tashkiloti hamda Farg'ona davlat universiteti taqdim etadi!

09:40, 05.04.2022      

O’QUV-SEMINARI: “OIV INFEKSIYASI VA UNDAN SAQLANISH YO‘LLARI

Bugun Farg’ona davlat universitetida bo’lib o’tgan mazkur seminarning mazmun mohiyati - OIV infeksiyasi va undan saqlanish yo‘llari masalalariga bag’ishlandi.

Bunda so’z olgan viloyat OITSga qarshi kurash markazi shifokori U.Rasulov OIV-infeksiyasi - inson organizmining himoya vositalari bo’lgan immunitet tizimi xos zararlanishi oqibatida chuqur asoratlar bilan kechuvchi surunkali yuqumli хastalik ekanligini ta’kidlab o’tdi.

Seminar davomida OIV-infeksiyasining dolzarbligini belgilaydigan qator holatlar, xususan kasallanish ko‘lamining tinmay o‘sib borayotganli, aksariyat hollarda yoshlarning kasallikka chalinishi, uning bedavoligi, batamom sog‘aytirib tuzatuvchi vositalarning yo‘qligi, kasallarga qaratilgan sarf-harajatlarning o‘ta yuqoriligi to’g’risida batafsil ma’lumotlar keltirib o’tildi.

Ushbu kasallikka chalinmaslikning eng yaxshi yo‘li odob-axloq qoidalariga amal qilmoq, to’gri tarbiya topmoq, o’zbekona ibo va hayoni saqlamoq, ilm yo’lini tutmoq zarurligi qayd etildi.

Shu bilan birga OITS kasalligining dunyo miqyosida 38 milliondan oshganligi, O‘zbekistonda bu ko’rsatkich 40 mingtaga yaqin ekani, kasallikni oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, profilaktik tadbirlar haqida tushunchalar berildi.

Shuningdek, BMTga qarashli OIV va OITS bo‘yicha qo‘shma dasturning O‘zbekistondagi ofisi volontiyorlari tomonidan mavzuga oid videorolik namoyish etildi. Talaba-yoshlar bilan olib borilgan ochiq muloqotda yoshlarning hayotiy qarashlari, kasallikni oldini olish bo’yicha munosabatlari o’rganib borildi.

O’quv so‘ngida ishtirokchilarga tashkilotchilarning mavzuga oid tarqatma materiallari berildi.