Universitet Kengashining 2022-yil 28-yanvardagi 6-sonli yig‘ilishida ma’qullangan “Odob axloq kodeksi” va “Ichki tartib qoidalar” bilan tanishtirish maqsadida Farg’ona davlat universitetining Fizika-texnika fakultetlarda “Ota-onalar kuni” tashkil etildi.
Uchrashuvda ota-onalar bilan birga fakultet ma'muriyati, tyutorlar va guruh murabbiylari ishtirok etdilar.
Tadbirda fakultet rahbariyati tomonidan ota-onalarga ijtimoiy odob-axloq qoidalari, ichki tartib-qoidalar hamda talabalarga yaratilgan sharoitlar, mavjud imkoniyatlar va kredit-modul tizimida qayta o‘zlashtirish tartibi, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyati, korrupsion illatlarga qarshi kurashish, kiyinish madaniyati kabi muhim masalalar yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.