Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 340
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 256
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

Kimyo kafedrasi a'zolari - umumta'lim maktablarida

16:34, 05.04.2022      

"Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari" to’g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi 4805-sonli qarori ijrosi yuzasidan hamda "Umumta’lim maktablari bitiruvchi sinflari o‘quvchilari o'rtasida kimyo va biologiya fan olimpiadasini tashkil etish va o‘tkazish tartibi" to‘g‘risidagi O'zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 8-sentabr kungi 383-sonli buyrug‘i va nizomga asosan, Farg'ona davlat universiteti Kimyo kafedrasi tomonidan internat-maktablarida tushuntirish ishlarini amalga oshirilmoqda.

Kimyo kafedrasi o'qituvchisi, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori M.Nurmatova Farg‘ona tumanidagi 2-IDUMIning 7-sinflarida “Kislotalarning olinishi”, 8-sinflarida “Azot birikmalari” va iqtidorli o’quvchilar to’garagida “Geterogen sistemalarda limitirlovchi bosqich” mavzusida mahorat darslarini olib bordi.

Shuningdek, bitiruvchi sinf o‘quvchilariga aprel oyida universitetda o‘tkazilayotgan olimpiadaning maqsad hamda vazifalari, shuningdek shartlari bilan tanishtirdi va olimpiadaga tayyorgarlik ko’rayotgan o’quvchilar bilan murakkab masalalarni yechish usullari bilan tanishtirdi.