Bugun Sirtqi ta’lim bo‘limida “Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi”, ”Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” va “Musiqa ta’limi” yo‘nalishlari talabalari ishtirokida “Ko‘klam nafasi” nomli musiqiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’atkorlar - Ilhomjon Jo‘rayev, “Do‘stlik” ordeni sohibasi Sanobar Rahmonova, Muxsinbek Mo‘minovlar diltortar taronalari barchaga ko‘tarinki ruh bag‘ishladilar.