Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 340
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 256
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

FARG‘ONA DAVLAT UNIVЕRSITЕTI KЕNGASHINING 8-SONLI YIG‘ILISHI BO’LIB O’TDI.

17:15, 07.04.2022      

Oliygohda o‘tkazilgan mazkur yig‘ilishda - Kengash tarkibiga o‘zgartirish kiritish, yo‘riqnoma hujjatlar ijrosi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qo‘shma ishchi guruhining universitet faoliyatini o‘rganish xulosalari, 2021-2022-o‘quv yili birinchi yarmi yakunlari hisoboti va boshqa tashkiliy masalalar kun tartibidan o‘rin egalladi.

Kengash avvalida o’z faoliyatida muvaffaqiyat qozongan, ilmiy yutuqlar va yuksak darajalarga erishgan professor-o’qituvchilar universitet rektori tomonidan munosib taqdirlandilar.

Jumladan:

“Qatag‘on qurbonlari” muzeyi rahbari Sobirjon Siddiqov - Xalqaro Amir Temur jamoat fondining esdalik nishoni sohibi bo’lganligi;

Mintaqaviy iqtisodiyot va buxgalteriya hisobi kafedrasi katta o‘qituvchisi – I.Xasanov - Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori;

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i T.Bakirov - fizika-matematika bo‘yicha falsafa doktori;

Kimyo kafedrasi tayanch doktoranti T.Amirovalar - Kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasiga erishganlari munosabati bilan taqdirlandilar.