Ma’lumki, talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, jamoada sog‘lom muhitni keng targ‘ib etish maqsadida, joriy aprel oyligi - oliygoh miqyosida “Salomatlik oyligi” deb e’lon qilingan.
Bugun mazkur oylikning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Universitet hududidan start olgan yurish marofoni - oliygoh rektori Bahodirjon Shermuhammadov boshchiligidagi talaba-yoshlar ishtirokida Farg‘ona shahrining markaziy ko‘chalarini to‘ldirib, Sport-sog‘lomlashtirish majmuasi sari yo‘naldi.
Vatanparvarlik tuyg‘ularini tarannum etguvchi musiqa sadolari ostida Sport-sog‘lomlashtirish majmuasiga kirib kelgan yoshlar Sport turlari bo‘yicha turli chiqishlarni namoyish etdilar.
Endilikda oylik doirasida sportning mini futbol, voleybol, stol tennis, shaxmat-shashka, armlesling, yengil atletika, suzish, belbog‘li kurash musobaqalari o‘tkazib boriladi, shuningdek, talabalar turar joylarida haftaning seshanba va juma kunlari ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.