Bugun oliygohda Chet tillari fakulteti tashabbusi bilan bitiruvchi talaba-yoshlar uchun Farg’ona viloyati hududiy turizm boshqarmasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda Farg‘ona viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – viloyat turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi boshlig‘i - Xurshidjon Ahmedov, boshqarma vakillari va fakultet rahbariyati ishtirok etdi.
Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosar Xurshidjon Ahmedov o’z so’zida bugun viloyatning turistik salohiyatini oshirishda ushbu fakultet jamoasi, mazkur ilm dargohidan yetishib chiqayotgan kuchli kadrlar va uning talabalari yuksak faollik ko’rsatayotganliklarini ta’kidlab o’tdi.
Tadbirda so’z olgan Chet tillari fakulteti dekani Z.Rahimov bugungi uchrashuvning bitiruvchi yoshlar uchun ahamiyati, turizm yo’nalishidagi tashkilotlar bilan olib borilayotgan hamkorlik istiqbollari, turizmni jadal rivojlantirish tendensiyalari xususida alohida to’xtalib, talabalar manfaatlari yo’lida samarali hamkorlik tarmoqlarini kengaytirish zarurligini aytib o’tdi.
Muloqotlar davomida jamoat tashkilotlari va xorijiy diasporalar bilan hamkorlik qilish orqali O‘zbekistonning turistik salohiyatini namoyon qilish, mamlakatning turistik brendini ilgari surish bo‘yicha talabalarning g‘oya va takliflari ham o’rganib borildi.