Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 339
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 255
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

ZOOTEXNIYA FAKULTETIDA OTA-ONALAR YIG'ILISHI

17:09, 08.04.2022      

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 824-sonli qarori mohiyati tushuntirish “Odob axloq kodeksi” va “Ichki tartib qoidalar” bilan tanishtirish maqsadida Farg’ona davlat universitetining Zootexniya fakultetida “Ota-onalar kuni” tashkil etildi.

Uchrashuvda 2-bosqich talabalarining ota-onalar bilan birga fakultet ma'muriyati, tyutorlar va guruh murabbiylari ishtirok etdilar.

Tadbirda fakultet rahbariyati tomonidan ota-onalarga ijtimoiy odob-axloq qoidalari, ichki tartib-qoidalar hamda talabalarga yaratilgan sharoitlar, mavjud imkoniyatlar va kredit-modul tizimida qayta o‘zlashtirish tartibi, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyati, korrupsion illatlarga qarshi kurashish, kiyinish madaniyati hamda talabalar turar joyida va ijarada yashovchi yoshlar mas’uliyati kabi muhim masalalar yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.

Yig‘ilishdan so'ng ota-onalar universitetda talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandilar.