Sogʻlom turmush tarzi, inson salomatligini asrash, uzoq umr koʻrishning garovi ekanninibugungi kunda, butun jahon aholisi tan olgani ayni haqiqatdir.
Sport – aholi salomatligining kaliti, sogʻlom turmush tarzi va farovon hayoti ifodasi hisoblanadi.
7-aprel - "Xalqaro sog‘lomlashtirish kuni" munosabati bilan Farg'ona davlat universitetida e'lon qilingan "Salomatlik oyligi" doirasidaSan`atshunoslik fakultetitalabalari o’rtasidasportningshaxmat-shashka, volleybol, stol tennisi turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Musobaqalarda fakultetning barcha talabalari faol ham ishtirok etdilar.
Milliy musiqa sadolari ostida boshlangan tadbir, barcha ishtirokchilarga ko’tarinki rux bag’ishladi. Tadbirda San’atshunoslik fakulteti Vokal san’ati va cholg‘u ijrochiligi kafedrasi mudiri - O‘zbekiston xalq artisti, professor S.Mannopov so’zga chiqib, ishtirokchilarga omad tiladi. Ochilish marosimidan so’ng, musobaqalarga start berildi. Qizg’in davom etgan musobaqalar taassurotlarga boy bo’ldi.