“BIZ - AMIR TEMUR AVLODLARIMIZ”
Ma’lumki, Vatanimiz tarixining “ikkinchi Renessans” davri Amir Temur va temuriylar davriga to‘g‘ri keladi. E’tirof etish zarurki, buyuk sarkarda nafaqat mamlakatimiz, balki jahon tarixida ham tub burilishlar sodir etgan shaxs sifatida yuksak ahamiyatga ega. Adolat va ulug‘vorlik timsoli, dunyoni lol etgan buyuk sohibqiron Amir Temur tavalludining 686 yilligi bugun yurtimizda keng nishonlanmoqda.
Jumladan, Farg‘ona davlat universitetida ham Viloyat harbiy prokraturasi, viloyati xalq ta’limi boshqarmasi hamkorligida buyuk sohibqiron Amir Temur tavalludining 686 yilligi munosabati bilan “Biz Amir Temur avlodlarimiz” shiori ostida harbiy ta’lim fakulteti talabalari o‘rtasida harbiy-sport musobaqasi o‘tkazildi.
Dastlab harbiy-sport musobaqasining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Musobaqada harbiy ta’lim fakulteti talabalari ishtirokida jamoaviy va yakka tartibda qo‘l jangi guruhi, faxriy qorovul, ashula va raqs ansambli chiqishlari, vatanparvarlik g’oyalari aks etgan sahna ko’rinishlari namoyish etilib, tadbirda ishtirok etayotgan viloyatdagi umumta’lim maktablari va ularning chaqiriqqacha boshlang’ich harbiy ta’lim fani o’qituvchilari uchun metodik ko’rsatmalar o’rgatib borildi.
Shuningdek, jang maydonida harakatlanish bo’yicha AK-74 avtomatini noto‘liq qismlarga ajratish, noto‘liq qismlarga ajratilgan AK-74 avtomatini yig‘ish, OQQX vositasini kiyish, o‘q dori qutisi bilan harakatlanish, pnevmatik miltiqdan o‘q otish, yaradorga jang maydonida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, granata uloqtirish, 20 metr masofani emaklagan holatda harakatlanish va yurish kabi mashg’ulotlar namoyish qilindi.
Mazkur musobaqani tashkil etilishi zaminida - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surgan besh tashabus doirasida - yoshlarni sportga qiziqtirish, ular o‘rtasida salbiy illatlarning oldini olish, sport musobaqalariga keng jalb etish, talabalarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, o‘zaro madaniy-sport aloqalarni yo‘lga qo‘yish, sog‘lom turmush tarziga rioya qiladigan, dastlabki harbiy va psixologik tayyorgarlikka ega, vatanparvar, mas’uliyatli, qiyin, ekstremal vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish ko‘nikmalarini egallagan barkamol avlodni tarbiyalash maqsadlari mujassamdir.