Farg‘ona davlat universitetining xalqaro oliy ta’lim yutuqlarini o‘zlashtirish va ta’lim sifatini dunyo standartlari darajasiga olib chiqishga qaratilgan sa’y-harakatlari ham yangi bosqichga olib chiqildi. Hozirgi kunda dunyoning rivojlangan mamlakatlari bilan ta’limning barcha yo’nalishlarida universitetning o’ziga hos hamkorlari bor. Oliygoh fakultetlarida, kafedralarda xalqaro almashinuvlar joriy etilayotgani ham talaba-yoshlar uchun manfaatli bo’lmoqda.
Jumladan, Zootexniya fakulteti, Zootexniya va agronomiya kafedrasiga 2022-yilning 4 - 8 aprel kunlari davomida Rossiya Federatsiyasi Tomsk davlat universitetining Ekologiya kafedrasi mudiri, biologiya fanlari doktori, professor Babenko Andrey Sergeyevich Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi yo‘nalishi 2-kurs talabalariga “Dorivor o‘simlik zararkunanda va kasalliklari” kursi bo‘yicha ma’ruza darslarini yuqori saviyada, qiziqarli tarzda o‘tkazdi.