Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 339
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 255
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI OLIMPIADASI! MUNOSIB NOMZODLAR TANLOVI BOSHLANDI!

08:54, 13.04.2022      

2022-yilning 10-aprel kuni Farg‘ona davlat universiteti maktab o’quvchilari uchun o’zining fan olimpiadasini boshladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi “Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 4805-sonli hamda 2020-yil 12-avgustdagi PQ-4805-sonli hamda 2021-yil 19-martdagi “Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5032-sonli qarorlariga muvofiq, Farg‘ona viloyatining umumta’lim maktablarida kimyo va biologiya hamda fizika fanlaridan ko‘p bosqichli “Universitet olimpiadasi” o’z ishini boshladi.

Kimyo va biologiya hamda fizika fanlaridan Universitet olimpiadasining tuman (shahar) bosqichi viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan o’quvchilar kelib-ketishi uchun qulay bo’lgan tumanlar markazidagi ta’lim muassasalarida otkazilishi belgilangan bolib, barcha tashkiliy chora-tadbirlar belgilangan.

Universitet olimpiadasida 2022-yilning 6-aprel sanasiga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tgan maktablarning 11-sinf o’quvchilari ishtirok etmoqda.

Universitet olimpiadasining tuman (shahar) bosqichi g’oliblari 2022-yil aprel oyining ikkinchi o‘n kunligida viloyat bosqichida qatnashadilar.

G‘oliblar Farg‘ona davlat universitetiga tegishli fan yo‘nalishlari bo‘yicha talabalikka tavsiya etiladi!

Universitet olimpiadasi Farg'ona tumanidagi 1-sonli IDUMda, Toshloq tumanidagi 2-sonli maktabida, Oltiariq tumanidagi 4-sonli IDUMda, Quva tumanidagi 2-sonli maktabda kimyo-biologiya va fizika fanlaridan ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, Oltiariq tumanidagi 4-sonli IDUIMda, Uchko’prik tumanidagi 18-sonli maktabda, Beshariq tumanidagi 45-sonli maktabda, Qo'shtepa tumanidagi 9-sonli IDUMda, So’x tumani, Yozyovon tumani, Marg’ilan va Qo’qon shaharlaridagi maktablarda bo’lib o’tdi.

Mazkur bilimlar bellashuvida Kimyo va biologiya, Fizika fanlaridan FDU olimpiadasi tartibini tushuntirish, test savollari va javoblar varaqasini o’quvchilar guvohligida ochish jarayoni ham shaffoflik asosida tashkil etildi.