Farg'ona davlat universiteti "Salomatlik oyiligi" doirasida talaba-yoshlar o'rtasida o’tkazilayotgan sportning stol tennisi turi bo’yicha musobaqaslarda ishtirok etuvchi fakultetlar tarkibi aniqlandi va musoboqalarga start berildi.
O’g’il bolalar o’rtasida o’tkazilgan ushbu musobaqa natijasiga ko’ra, Ijtimoiy – iqtisodiyot fakulteti, Harbiy ta'lim fakulteti, Chet tillari fakulteti va Matematika-informatika fakultetlari talaba-yoshlari keyingi bosqichga yo’llanmani qo’lga kiritdilar!
Qizlar o’rtasida o’tkazilgan stol tennisi musobaqasida esa Maktabgacha va boshlang’ich ta'lim fakulteti, Chet tillari fakulteti, Matematika-informatika fakulteti, Filologiya fakulteti talabalari keyingi bosqichga yo’llanmani qo’lga kiritdilar!