Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 339
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 255
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

CHET TILLARI FAKULTETI: "OLG'A, ANASTASIYA!

09:57, 16.04.2022      

Chet tillari fakulteti 2-kurs talabasi Anastasiya Shikina O‘zbekistonning yetakchi mutaxassislari bilan 4 oylik (2021-yil noyabr – 2022-yil fevral) nazariy tadqiqotlardan so‘ng, reyting natijalariga ko‘ra, UnisSat Uzbekistan dasturining TOP-20 ishtirokchisiga kirdi.

Mart oyida u butun jamoa bilan Qozog‘istonning Olmaota shahriga sayohat qildi va Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universitetida 10 kunlik ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar marafonida qatnashdi.

Ishtirokchilarning o‘zlari SomSat deb nom olgan nanosun’iy yo‘ldoshni yig‘ishdi va 27-mart kuni Qozog‘iston va Qirg‘iziston ishtirokchilari sun’iy yo‘ldoshlari bilan birga uni stratosferaga uchirishga muvaffaq bo‘lishdi.

Hozirda Qozog‘istonda SomSat tomonidan olingan ma’lumotlarni tahlil qilish jarayoni davom etmoqda va joriy yilning may oyida O‘zbekistonda nanosun’iy yo‘ldoshni uchirilishi rejalashtirilmoqda.

Bizning Iqtidorli Anastasiya va butun UniSat Uzbekistan jamoasiga omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz!

UniSat – bu Qozog'iston, Qirg'iziston va O'zbekistonning mintaqaviy dasturi. O'zbekistonda dastur Tech4Impact NNT, UNICEF va Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan amalga oshirilmoqda.