Fakultetda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 5117- sonli "O’zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o’rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to’g’risida" gi qarori yuzasidan qator vazifalar belgilandi.
Xalqaro hamkorlik. Bugun Chet tillari fakulteti dekani Z. Rahimov Germanyaning DAAD tashkiloti lektori Danni Klapperni qabul qildi. Uchrashuvda fakultetning nemis tili yo’nalishida o’quv jarayonining samaradorligini oshirish va ikki tomon munosabatini yanada mustahkamlash kabi masalalar muhokama qilindi.
Fakultetning Ingliz tili kafedrasi hamda Britanyaning Manchester Metropolitan university professor o’qituvchilari hamkorligida " Teaching English for Academic Purposes " mavzusida onlayn o’quv seminar tashkillandi.