Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 339
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 255
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

“Jaholatga qarshi ma’rifat”

10:01, 16.04.2022      

Filologiya fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’ul xodimi Jahongir Meliquziyev ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzuida ochiq muloqot o‘tkazildi. Muloqotda talabalar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, turli noqonuniy guruhlar va oqimlar g‘oyalari tarqalishining oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Hozirgi kunda yoshlarga turli diniy-aqidaparast oqimlar o‘z g‘oyalarini singdirish, din niqobi ostidagi harbiy va boshqa noqonuniy harakatlarga jalb etish holatlari uchrab turibdi. Tadbirda anashu kabi oqimlarning asl maqsadlari fosh etildi. Shu bilan birga dunyoviy davlat tushunchasi, mamlakatimizning diniy sohadagi islohotlari talabalarga atroflicha tushuntirildi.

Shuningdek, muloqot davomida diniy-ekstremistik oqimlarning kirdikorlarini fosh etuvchi, ularning aldovlariga uchgan kishilarimiz qismati haqidagi maxsus film namoyish etildi.

O‘tkazilgan tadbir talaba-yoshlar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, dunyoqarashlarini to‘g‘ri shakllantirishga xizmat qildi. Tadbirda universitet rahbariyati vakillari ishtirok etdi.