Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 339
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 255
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

Talaba kitob yozdi

10:03, 16.04.2022      

Filologiya fakulteti o‘zbek tili yo‘nalishi 4-kurs talabasi, taniqli ijodkor Qobiljon Shermatovning “Buvamning oshqozonidagi mamlakat” nomli qissasi chop etilgani haqida avval xabar berilgan edi.

Bugun mazkur kitobning taqdimoti o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’ul xodimi Jahongir Meliquziyev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Yo‘ldoshali Solijonov. Siddiqjon Mo‘minov, O‘ktamxon Soliyeva, universitet prorektori Poziljon Otaqulovlar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida talabaning ijodi, “Buvamning oshqozonidagi mamlakat” qissasining o‘zbek bolalar adabiyotida tutgan o‘rni haqida atroflicha fikr yuritdilar, hamda talabaga ijodiy barkamollik tiladilar. Tadbirda Q.Shermatovning yaqinlariga minnatdorchilik bildirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan ushbu tadbir, talabalarni ijodkorlikka, kitob mutoalasiga qiziqishlarini orttirishga xizmat qildi.