O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi “2020–2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida,
Farg'ona davlat universiteti Axborot-resurs markazida “Kitobxonlik haftaligi” tashkil etilmoqda!
Shu munosabat bilan Siz Aziz kitobxonlarni 2022-yil 18-23-aprel kunlari oliygoh Axborot-resurs markazida bo‘lib o‘tadigan “Kitobxonlik haftaligi–2022” tadbirlariga taklif etamiz!
Haftalik davomida rang-barang va qiziqarli tadbirlar – turli chellendjlar, viktorinalar, kitob savdosi, yangi kitoblar taqdimoti va ko‘rgazmalari, hamda musiqiy ohanglardan bahramand bo‘lasiz.