Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 339
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 255
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI REKTORI – PEDAGOGIKA-PSIXOLOGIYA FAKULTETI YOSHLARI BILAN UCHRASHDI!

08:50, 19.04.2022      

Hafta boshidanoq yoshlar masalalariga kirishgan universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov nigohini – Pedagogika-psixologiya fakulteti yoshlariga qaratdi. Mazkur fakultet talabalari, akademik guruhlar sarkorlari bilan muloqotda yoshlar tarbiyasi, ularning ma’naviy dunyosi, milliy-mafkuraviy qarashlari, qalblarida kamolga yetayotgan vatanparvarlik, odamiylik, millatsevarlik tuyg‘ulari bilan qiziqdi.

“...Men uchun har biringiz - bo‘lajak rahbar va bo‘lajak jamoadoshimsiz. Oldingizga ulkan maqsadlar qo‘yib intilayotganingiz, ertangi kun uchun ilm dargohida poydevor qurayotganingiz bejiz emas, albatta. Bugun Sizning kichik yelkangizda yana bir masu’liyat borki, bu tengdoshlaringiz hayotiga dahldorlik hissidir.

O‘zaro ahil bo‘lib, bir musht bo‘lib talabalikning “oltin davri”da tashabbuslar bilan yonmog‘ingiz, Siz uchun yaratilgan barcha imkoniyatlardan oqilona foydalanib, Vatanga munosib farzand bo‘lib yetishmog‘ingiz darkor,” - dedi rektor o’z so’zida.

Universitet rahbari yoshlar bilan ochiq suhbat olib borar ekan, ularning adabiyot, tarix, siyosatshunoslik bo‘yicha egallagan bilimlarini savol-javob orqali sinovdan o‘tkazdi. Samimiy muloqot ruhida o‘tgan bu uchrashuv yoshlarda katta taassurot qoldirdi.