Insonning bilim doirasi takomillashishi, dunyoni anglashi, shaxs sifatida kamol topishida kitobning o‘rni beqiyos.
Ushbu o’rinning qanchalik qimmatga ega ekanligi - bugun Farg’ona davlat universiteti axbprot-resurs markazi tashabbusi bilan boshlangan “KITOBXONLIK HAFTALIGI-2022” tadbirlarida namoyon etildi.
Haftalikning ochilish marosomida Muhtaram Prezidentimiz asarlari, qadimgi noyob kitoblar, markazga keltirilgan yangi adabiyotlar, buyuk mutafakkir shoirlar hamda Farg‘ona vodiysining taniqli yozuvchi va shoirlari kitoblari ko‘rgazmasi namoyish etilib, “Farg‘ona yog‘dusi” MCHJ tomonidan kitob savdosi tashkillandi.
Shuningdek, markaz xodimlari tomonidan namoyish etilgan “Bittagina kitob oling” kompozitsiyasi, Filologiya fakultetining iqtidorli va ijodkor talaba-yoshlari ishtirokida tayyorlangan she’rxonlik chiqishlari, San’atshunoslik fakulteti talabalari ijrosida taralgan kuy-qo‘shiqlar ijrosi kitobxonlik marosimiga alohida ko‘rk bag‘ishladi.
Shu kuni Axborot-resurs markazining “ARMFARDU” telegramm guruhida “Mening sevimli kitobim”, “She’rxonlik tanlovi” kabi onlayn chellendjlarga start berildi. Chellendjlarni dastlab ARM jamoasining o’zi boshlab berdi.