Universitet ilmiy salohiyatining yuksalishida izlanishlari bilan o’z xissasini qo’shayotgan olimlarimiz soni kun sayin ortib bormoqda.
Jumladan, Filologiya fakulteti Adabiyotshunoslik kafedrasi dotsenti Muhammadjonova Go'zalxonning " Mustaqillik davrida o'zbek nasrida ijodkor inson konsepsiyasi" mavzusida 10.00.02- O'zbek adabiyoti ixtisosligi bo'yicha filologiya fanlari doktori ilmiy darajasi uchun tayyorlangan dissertatsiyasining seminar muhokamasi bo'lib o'tdi.