Universitet Kengashining 2022-yil 28-yanvardagi 6-sonli yig‘ilishida ma’qullangan “Odob axloq kodeksi” va “Ichki tartib qoidalar” bilan tanishtirish maqsadida Farg’ona davlat universitetining Tarix fakultetida “Ota-onalar kuni” tashkil etildi.
Tarix fakultetining Tarix yo'nalishi 1-bosqich talabalarining ota-onalari uchun "Farzandlar bizning kelajagimiz" mavzusida o'tkazilgan yig'ilishda2021-2022-o'quv yili 1-yarim yillik yakunlari, krеdit-modulning afzalliklari, talabaning ma'naviy dunyosi, tarbiyasi xususida so'z bordi. Shuningdеk, 1-yarim yillik natijalari bo'yicha ijobiy natijaga erishgan talabalarning ota-onalariga tashakkurnomalar berildi.