Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 505
  • Ko`rib chiqilganlar 468
    • Takliflar 61
    • Arizalar 394
    • Shikoyatlar 50
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

REKTOR TABIIY FANLAR FAKULTETI YOSHLARI BILAN UCHRASHDI

14:41, 22.04.2022      

Farg'ona davlat universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Bahodirjon Shermuhammadov Tabiiy fanlar fakultetining akademik guruhlari sarkorlari bilan uchrashuv o'tkazdi.

Mazkur uchrashuvda rektor guruh sarkorlari bilan ochiq muloqot o'rnatdi va ularning guruhdagi muammolarini o'rgandi.

Samimiy suhbat jarayonida talabalarga yurt tarixi, millatning shonli o'tmishi, bugungi kunda mamlakatda, ayniqsa, oliy ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyati hayotiy misollar orqali yoritib berildi. Shuningdek, yoshlarning Vatan oldidagi burch va vazifalari, axborot olish va uzatish, internet, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyati kabi masalalar ham muhokama etildi.