Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 339
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 255
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

REKTORNING NAVBATDAGI UCHRASHUVI – JISMONIY MADANIYAT FAKULTETIDA

17:24, 22.04.2022      

Fakultetlararo talaba-yoshlar uchun o’tkazilayotgan rahbar uchrashuvlari davom etmoqda.

Navbatdagi uchrashuv Jismoniy madaniyat fakultetining guruh sarkorlari ishtirokida bo’lib o’tdi. O’zaro muloqotda universitet rahbari yoshlarning darsdan bo'sh vaqtlarda foydali ish bilan bandligi, ishga joylashuvi, ularning ta’lim-tarbiyasi, milliy va insoniy fazilatlar borasida fikr yuritdi.

Suhbat davomida yoshlarning oliygohga farzandlik nuqtai nazari bilan yondoshishlari, ta’lim maskani oldidagi burchlarini chuqur anglashlari, unga ota-ona kabi hurmat-ehtiromda bo‘lishlari, Vatan taqdiri va uning rivojiga dahldorlik hissi to’g’risida so’z bordi.

Uchrashuvda fakultet yoshlari o’zlarini qiziqtirgan savollarga rektordan batafsil javoblar oldilar va turli masalalarda o’z takliflarni bildirdilar.