Farg’ona davlat universiteti hamda Farg’ona shahridagi mahallalarning ma’naviy-ma’rifiy hamkorligi “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” loyihasi asosida muntazam davom etmoqda.
Jumladan, yaqinda shahardagi mahallalar o‘rtasida sportning shaxmat turi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqalarda ko‘plab uyushmagan yoshlar qamrab olindi.
Bu musobaqalarda universitetning Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi - shaxmat va shashka sport turi bo‘yicha O‘zbekiston chempioni, Osiyo chempionati sovrindori Zaynabxon Yuldasheva hakamlik qildi. Mazkur musobaqalar oliygohning “Zakovat” intellektual o‘yinlari markazida bo‘lib o‘tdi.