Ma'lumki, oliy ta'lim tizimida umumta'lim maktablari pedagoglari bilimini yaxshilash hamda yangicha o'qitish uslublarini tushuntirish bo'yicha "mobil metodik guruhlar" faoliyati yo'lga qo'yilgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining " Xalq ta'limi tizimini isloh qilish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" 2022-yil 3-fevraldagi F-22- sonli farmoyishi hamda 2022-yil 28-yanvar kuni kengaytirilgan tarzda o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosi doirasida Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Xalq ta'limi vazirligi o'rtasiga integratsiyalash ishlari boshlab yuborildi.
Shu asosda bugun viloyatning Marg'ilon shahridagi 1-, 3-, 14-sonli umumiy o'rta ta'lim maktablarida Farg'ona davlat universitetining "mobil guruhlari" o'z faoliyatini olib bormoqda.
Ushbu "mobil guruh" larga boshchilik qilayotgan Farg'ona davlat universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Bahodirjon Shermuhammadov o'zaro muloqotlarda maktab jamoasiga pedagogik mahorat borasida metodik tavsiyalar berib borar ekan, oliy ta'lim va umumta'lim maktablari o'rtasidagi integratsiyani kuchaytirish, mobil guruhlar imkoniyatlaridan to'laqonli foydalanish, ta'lim tizimidagi innovatsion o'zgarishlarni umumta'lim tizimga taqdim etish, maktablarga amaliy, uslubiy yordam ko'rsatish kabi masalalarga alohida to'xtalib o'tmoqda.
Universitetning "mobil guruhlari" a'zolari belgilangan umumta'lim muassasalarida tahsil oladigan o'quvchilar uchun ko'chma "Oliy ta'lim muassasilari kunlari" ni tashkil etishda va o'quvchilarni oliy va kasbiy ta'limga yo'naltirishga qaratilgan targ'ibot ishlarini amalga oshirishda jonbozlik ko'rsatmoqdalar.
Bunda maktablarda faoliyat olib borayotgan o'qtuvchilarning bilimini diagnostikadan o'tkazish, diagnostika natijasida aniqlangan bo'shliqlarni bartaraf etishga qaratilgan o'quv mashg'ulotlarini tashkil etish, ilg'or metodikalar va innovatsiyalarga o'rgatish tizimini yo'lga qo'yish ishlari amalga oshirilmoqda.