Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 339
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 255
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

JISMONIY MADANIYAT FAKULTETIDA FUTBOL FAHRIYLARI BILAN UCHRASHUV

17:32, 23.04.2022      

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-apreldagi “Olimpiya va paralimpiya oʻyinlarida gʻolib hamda sovrindor boʻlgan sportchilar faoliyatini aholi orasida keng targʻib qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 162-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda talaba-yoshlar o’rtasida sportni keng ommalashtirish maqsadida 2022-yil 22-aprel kuni Farg’ona davlat universitetida sovrindor sportchilar va talaba-yoshlar ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvga Farg’ona futbol federatsiyasi birinchi vitseprezidenti N.Otaqo’ziyev, Farg’ona "Turon" futbol klubi murabbiysi A.Berdiyev, "Neftchi" futbol klubi texnik direktori Sh.Raimjonov hamda Farg’ona futbol akademiyasining jonkuyar murabbiylari tashrif buyurib, sportchilar erishgan yutuqlari, Olimpiada o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritguncha bosib o'tilgan mashaqqatli yo‘li, musobaqalardan olgan taassurotlari haqida so‘zlab berdilar.