Kitob-tafakkur gulshani. Kitob insonning do’sti va hamrohi, hayot yo’llarini yorituvchi shamchirog’idir. Ilm manbai bo’lgan kitobni sevib o’quvchilar kun sayin ortib borayotganligi quvonarli albatta. Kitobni sevib mutolaa qiluvchi yoshlar uchun oliygohning Pedagogika-Psixologiya fakulteti tashabbusi bilan universitetning Axborot-resurs markazida "Kitobxonlik haftaligi" doirasida "Eng faol kitobxon" tanlovi tashkil etildi. Unda bir qator kitobsevar talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Huddi shunday, Iqtisodiyot fakultetida kitobxonlik haftaligi doirasida fakultet professor-o'qituvchilari va tyutorlari ishtirokida 5-sonli talabalar turar joyida "Kitob - tafakkur gulshani" shiori ostida talaba-yoshlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda kitobxon talaba-yoshlar o’zlari o’qigan kitoblari yuzasidan o’rtoqlashdilar.